Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi!

Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhi mukofotlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisi, «Tahrirchi» (Tilmoch) sun’iy intellekt platformasi asoschisi Mamasaidov Muhammadsaid “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Muhammadsaidni ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!