Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi viloyatlarda Codial akademiyasiga asos soldi

Muhammad Amin Naziraliev
2020-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetining CSE (Kompyuter va dasturiy injiniring) fakultetini tamomlagan.
 Codial akademiyasi 2021-yilda tashkil topgan. Hozirda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida filiallar faoliyat ko‘rsatmoqda, shu yilning fevral oyida Andijonda uchinchi filialni ochishni rejalashtirganmiz.
Inha universitetida o‘qiganimdan so‘ng angladimki, IT sohasiga talab juda katta, men tug‘ilib o‘sgan viloyatda esa bu soha rivojlanmagan. Qolaversa, bu soha orqali odamlar juda ko’p qulayliklarga ega bo’lishini tushunib yetdim. Bu imkoniyatlar mintaqamiz uchun zarur. Bundan tashqari, Codial Academy maktab o’quvchilari va 14-25 yoshdagi yoshlarni o’qitish uchun mo’ljallangan.
Hozirgi vaqtda Codial Akademiyasida 5 xil yo’nalishdagi kurslar mavjud:
  1. Android tizimini ishlab chiqish
  2. Frontend dasturlash
  3. Backend dasturlash
  4. Grafik dizayn
  5. Kompyuter savodxonligi
  Farg‘ona va Marg‘ilon filiallarida 300 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. 500 nafar talaba esa kurslarni tamomlagan. «Codial Academy» natijalari bilan YouTube kanalimiz orqali tanishib olishingiz mumkin.
O’z biznesingizni boshlash oson emas. Garchi ba’zilar mablag’ yetarli deb o’ylashsa-da, aslida biznes boshlashda ushbu sohadagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishingiz zarur. Codial IT Akademiyasining muvaffaqiyatlaridan biri Toshkent shahridagi Inha universitetida IT yo’nalishi bo’yicha tahsil olganimiz deb bilaman.
Universitet haqiqatan ham bizga juda ko’p bilim va imkoniyatlar berdi va hozirgi talabalarga berishda davom etmoqda. Shuni alohida takidlash joizki, ko’pchilik talabalar o’qishni tugatmasdan ham ishga joylasha olishi mumkin.
Faoliyatim davomida akademiyamning vakili sifatida maktablarga tashrif buyurib, barchaga Toshkent shahridagi Inha universitetida oliy ma’lumot olishni tavsiya qilaman.