POLIMI Graduate School of Management tomonidan tashkil etilgan ushbu ta’lim dasturi raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamlashtirish tashabbuslariga bag‘ishlandi.
Dastur davomida EMBA talabalari ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va kompaniyalarga tashriflarda ishtirok etishdi. Jumladan, IBM kompaniyasiga tashrif davomida ular raqamli transformatsiyaning amaliy jihatlari haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar.
