Toshkent shahridagi Inha universiteti “FIDO-BIZNES” kompaniyasining ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi

28-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligida talabalar FIDO-BIZNES kompaniyasining ochiq eshiklar kunida ishtirok etishdi. Talabalar kompaniya, missiya va uning yutuqlar, bo‘sh ish o‘rinlari hamda qiziqarli amaliyot takliflari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
FIDO-BIZNES kompaniyasiga tashrif ekskursiya bilan yakunlandi. Ekskursiya davomida talabalar xodimlar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.