Toshkent shahridagi Inha universiteti – iqtidorli yoshlarni kashf etadi!

Toshkent shahridagi Inha universitetida iqtidorli, ijodkorlik qobiliyatlari yuksak bo’lgan  talabalar ko’p!
Ana shunday iqtidorli talabalarimizdan biri Behzod Shuhratov, Jahongir Shomurodovlar bilan birgalikda ingliz tilidan bilim darajasini onlayn aniqlash imkoniyatini beruvchi Examy.uz – IELTS Mock platformasini ishlab chiqishdi.
Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshirib va taxminiy IELTS bilim darajalarini bilib olishlari mumkin.

Platforma afzalliklari:
• testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin ;
• natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;
• xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;
• istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.

Ilg‘or bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, balki texnologiya va ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan shunday iqtidorli talabalarimiz borligidan juda faxrlanamiz!