Toshkent shahridagi Inha universiteti “Koreya yoshlar forumi-2022”da ishtirok etmoqda

2022-yilning 24-26-iyun kunlari Toshkent shahrida Koreya Respublikasi elchixonasi, Xorijdagi koreyslar jamg‘armasi, Koryoin tadbirkorlar klubi va Koreya madaniyat markazlari uyushmasi ko‘magida Shinsedae yoshlar markazi tomonidan tashkil etilgan “KOREYA YOSHLAR FORUMI” bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti ham ishtirok etmoqda. Xususan, TShIU “O‘zbekistonda Koreya universitetlarining taqdimoti” qismida ishtirok etdi. Universitet xodimlari qiziquvchan yoshlarga tarqatish uchun reklama materiallaridan iborat stendni taqdim etdilar va barcha qiziquvchan yoshlarga qabul imtihonlari bo’yicha maslahatlar berishdi. Tadbirda TShIU rektori M.Jalolov ham ôz nutqi bilan so‘zga chiqib, bugungi kunda TShIUda bilim olish va IT-ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.
Koreya yoshlar forumi 2022 haqida batafsil ma’lumotni Shinsedae yoshlar markazining https://t.me/kornewgeneration kanalida topishingiz mumkin.

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!