Toshkent shahridagi Inha universiteti Koreyadagi ta’lim festivalida ishtirok etmoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti “25th Incheon Science Festival”da ishtirok etmoqda. Ushbu festival har yili o’tkaziladi, bu yil 25 bor o’tkazilishi. Ushbu tadbirda 250 dan ortiq taʼlim muassasalari, jumladan, Yaponiya, Vetnam, Oʻzbekiston, Laos, Tailand kabi 5 ta xalqaro taʼlim muassasalari ishtirok etmoqda.
Festival maktab o‘quvchilari uchun yangi imkoniyatlar bilan tanishish va STEAM fanlari bilan bo’lgan qiziqishni orttirish maqsadida o‘tkaziladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari O‘zbekiston va TshIU haqidagi ma’lumotlar bilan bo’lishdilar. Tadbirda ko‘plab universitetlar va ta’lim tashkilotlari prezidentlari hamda Incheon shahar ta’lim boshqarmasi gubernatori ham ishtirok etdi. Inha universiteti prezidenti va Incheon shahar ta’lim departamenti gubernatori taqdim etilgan ma’lumotlarga, TshIU va O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlarga katta qiziqish bildirdi.