Toshkent shahridagi Inha universiteti muvaffaqiyatli bitiruvchilari bilan faxrlanadi

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Nugmonova Raximaxon sherigi bilan birgalikda D:CODE bolalar dasturlash maktabiga asos soldi. Raximaxon 2023-yilda universitetimizni “Biznes va logistika” yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi.
D:CODE maktabi yoshlarga dasturlash va axborot texnologiyalarini o‘rganish imkoniyatini berish orqali O‘zbekistonda ta’lim va texnologik taraqqiyot rivojiga salmoqli hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
Nugmonova Raximaxon va D:CODE jamoasini dasturlash maktabini o’z faoliyatini muvaffaqiyatli boshlangani bilan tabriklaymiz. Sizga maqsadlarni amalga oshirish yo’lida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.
D:CODE dasturlash maktabi haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havola orqali o’ting:

//dcode.uz