Toshkent shahridagi Inha universiteti OIC-CERT (Malayziya) aʼzosi boʻldi.

OIC-CERT (International Computer Emergency Response Team) dunyoning 27 mamlakatidan 58 aʼzo tashkilotlardan iborat. Tafsilotlar havolada:
//www.oic-cert.org/en/allmembers.html#.Yn3wrlRByUk
O‘zbekistondan mazkur tashkilotda 2 ta kompaniya – UzCert va Toshkent shahridagi Inha Universiteti taqdim etilgan.
OIC CERT yetakchi kiberxavfsizlik platformalaridan biri hisoblanadi. Tashkilot kiberxavfsizlik bo’yicha treninglar, kurslar, kibermashqlar va konferensiyalar o’tkazadi.