Toshkent shahridagi Inha universiteti Yevropaning muhandislik, texnologiya, innovatsiyalar va menejment ta’limi sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo’lgan Politecnico di Milano (POLIMI) universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Italiyada 1-o‘rinni va QS World University Rankings reytingiga ko‘ra dunyoda 98-o‘rinni egallagan POLIMI universiteti o‘zining akademik ustunligi, ilg‘or ilmiy tadqiqotlari va sanoat bilan yaqin hamkorligi tufayli xalqaro miqyosda tan olingan.
Mazkur hamkorlik Toshkent shahridagi Inha universiteti Executive MBA (EMBA) talabalari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, jumladan, amaliy biznes tajribasini oshirish, yetakchilik ko‘nikmalarini oshirish va global professional tarmoqlarni kengaytirishga mo‘ljallangan POLIMI Oliy menejment maktabida xalqaro ta’lim safarida ishtirok etish.
Ushbu hamkorlik Toshkent shahridagi Inha universitetining jahon darajasidagi ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish hamda kelajak yetakchilarini global iqtisodiyotda muvaffaqiyat qozonishga tayyorlash borasidagi intilishini yana bir bor tasdiqlaydi.
