Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchisi O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan medal bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim tizimida o‘ziga xos namuna bo‘lgan xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Abdullayev Sarvar Ravshanovich «Shuxrat » medali bilan taqdirlandi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Sarvar Abdullayevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi!