Scopus ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston olimlari orasida h-indeksi eng yuqori bo‘lgan tadqiqotchilar TOP-10 reytingi e’lon qilindi.
Toshkent shahridagi Inha Universiteti professori Farruh Atamurotov mazkur reytingda 5-o‘rinni egalladi. Professor Farruh Atamurotovning ilmiy faoliyati 301 ta ilmiy maqola, 6 295 ta iqtibos va h-index 42 ko‘rsatkichi bilan qayd etilgan.
h-index – olimning ilmiy mahsuldorligi va uning ishlari qanchalik ko‘p iqtibos qilinishini birgalikda aks ettiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ma’lumotlar Scopus bazasida 2021–2026-yillar davri bo‘yicha 2026-yil 20-avgust holatiga shakllantirilgan.
Professor Farruh Atamurotovni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz va ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
