Toshkent shahridagi Inha Universiteti prorektori siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasini oldi

 

27 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha Universiteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Turdimurat Tursunmuratovga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasi berildi.

Turdimurat Tursunmuratovning «Global Texnologik rivojlantirish sharoitida Oʼzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligiga Yevroatlantik omilning taʼsiri» mavzusidagi dissertatsiya ishi davlatimizning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorligi masalalariga bag’ishlandi.

Xalqaro aloqalar, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida tajribaga ega bo’lgan prorektor Toshkent shahridagi Inha Universiteti ilmiy maktabini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, u G’arbiy bir qator universitetlarda, shu jumladan Boston universitetida (AQSh) va Grazdagi (Avstriya) Texnologiya Universitetida mutaxassis va tashrif buyuruvchi professor hisoblanadi.

Toshkent shahridagi Inha Universiteti rahbariyati va jamoasi Turdimurat Tursunmuratovni chin dildan tabriklab, muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaydi.