Muhokama markazida bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar o’rin oldi:
– IT mutaxassislarini tayyorlash tizimini qanday o‘zgartirish kerakligi, bitiruvchilar nafaqat tayyor AI vositalari bilan ishlashi, balki o‘z yechimlarini yaratishi va joriy eta olishi uchun zaruriy ommilar;
– universitetlar va kompaniyalar o‘rtasida samarali hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘yish mumkinligi;
– shuningdek, universitet tadqiqotlarini real mahsulotlar va startaplarga aylantirish uchun kerakli ommilar muhokama qilindi.
Ta’lim va sanoat o‘rtasidagi amaliy aloqaga ham alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari bunday yondashuvning muhimligini ko‘rsatadi: talabalar texnologik tayyorgarlikdan o‘tishadi, amaliy vazifalar ustida ishlashib, raqamli iqtisodiyotda talab yuqori bo‘lgan kompetensiyalarni rivojlantirishadi.
Bunday platformalar universitetlar va sanoat vakillariga ta’lim, amaliy tadqiqotlar hamda texnologiya sektorining real ehtiyojlarini qanday bog‘lash mumkinligini birgalikda muhokama qilish, AI sohasida yangi yechimlar va malakali mutaxassislarni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi.
