Toshkent shahridagi Inha Universiteti rektorining Janubiy Koreyaga xizmat safari

Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida Toshkent shahridagi Inha Universiteti rektori Bobur Abdullaev Koreyada 1+1 “MBA in Digital Transformation” magistratura va 3+1 “Business Logistics” bakalavriat xalqaro dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida rektor talabalar bilan ularning o‘qishi, Koreyaga moslashuvi va hayoti haqida suhbatlashdi. Shuningdek, talabalarimiz tahsil olayotgan universitet kampusi va yotoqxonalariga tashrif buyurib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Biz uchun talabalarga nafaqat xalqaro ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish, balki ularning ta’lim yo‘lidagi har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlash ham muhimdir.

Inha — chegaralarini kengaytiruvchi ta’lim