Toshkent shahridagi Inha Universiteti sizlarni O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaydi!

O‘zbek tili — bebaho merosimiz, milliy o‘zligimiz ramzi, boy tariximiz va madaniyatimiz aksidir. U avlodlarni birlashtiradi, an’analarimizni asrab-avaylaydi va yorqin kelajak sari ilhomlantiradi.

Ushbu qutlug‘ kunda ona tilimizni qadrlaylik, uning go‘zalligi bilan faxrlanaylik va uning yanada rivojlanishi hamda ravnaq topishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!