Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari CyberKent tanlovida birinchi o‘rinni egalladilar

 

“Cyber Security Summit 2023” doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari CyberKent kiber oʻquv amaliyotida ishtirok etdilar.

Kiber o’quv amaliyotida Cyberkent virtual shahrining elektr stansiyasi, svetoforlar, binoning elektr taʼminoti va real obyektlar tizimlarini buzish boʻyicha kompleks sinovlarni oʻz ichiga olgan.

Barcha jamoalar orasida Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Kiberxavfsizlik klubining BALMAT13_SKW4D jamoasi 1-o‘rinni egallab, mutlaq chempion bo‘ldi! 🌟🏆

Jamoaning tuzilishi:
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari
– Zufarov Murod
– Xolmirzayev Samandar
– Axmedxojev Aziz
– Toshniyozov Nodimirzo
TATU talabasi
– Sobirov Otabek

Ular birgalikda nafaqat o’zlarining shaxsiy iste’dodlarini, balki hamfikrlar o’rtasidagi hamkorlikning kuchini ham namoyish etdilar.

G‘oliblarni tabriklaymiz! Sizga yanada muvaffaqiyatlar va g’alabalar tilaymiz!