Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari eSport turnirida ishtirok etmoqdalar!

«Ziyo Forum” Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro Fondi tomonidan talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kibersport turlariga yoshlarni keng jalb qilish maqsadida joriy yilning 4-6 aprel kunlari “Cyberium game club” binosida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersportning «CS:2» yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etayotgan talabalarimiz bilan faxrlanamiz.
Talaba-sportchilarimizni g’alaba sari intilishlarida qo’llab-quvvatlaymiz va ularga omad tilaymiz!