Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari Koreya Respublikasidagi INHA universitetida o‘tkazilgan uch haftalik yozgi maktab dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, Toshkentga qaytib kelishdi.
Dastur davomida talabalar akademik kurslarda qatnashishdi, ta’limiy sayohatlar va turli madaniy tadbirlarda ishtirok etdishdi, Koreya madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishishdi hamda Koreyadagi INHA universitetining talabalik hayotini his qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ular turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan tanishib, yangi do‘stlar orttirib, xalqaro aloqalar o‘rnatishdi.
Yozgi maktab talabalarga xalqaro tajriba orttirish, dunyoqarashini kengaytirish va Koreyada unutilmas xotiralar yaratish imkonini berdi
