mGovAward — davlat xizmatlari sohasidagi, mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari bo‘lgan mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli tanlovdir.
24-iyul kuni IT Park Rewind 2022 konferensiyasi doirasida tanlov g‘oliblarini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov tantanali ravishda taqdirladi.
Uchala sovrinli o’rinlarning barchasini Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan iborat jamoalar egallashdi:
1-o‘rin – “Tahrirchi” Muhammadsaid Mamasaidov, Yasmina Ablaeva, Jasur Yusupov (TShIU talabalari)
2-o‘rin – “Eko portal” Rustamxonov Muhammad-Raximxon (TShIU talabasi), Sevinch Xolmo‘minova, Rizaev Akmal.
3-o‘rin – “Lalu” Rasul Urazbaev (TShIU), Mahmudjon Qalandarov (TShIU), Mansur O‘razboyev.
Barcha loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar




Toshkent shahridagi Inha universiteti g‘oliblarni tabriklaydi va ularga kelgusida g‘alabalar va loyihalarni rivojlantirishni tilab qoladi!