National Transport Hackathon O‘zbekiston transport sohasi uchun sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion yechimlar ishlab chiqish maqsadida 750 nafar ishtirokchini birlashtirdi.
Bir necha kun davomida jamoalar o‘z g‘oyalarini uchta yo‘nalish bo‘yicha amaliy texnologik loyihalarga aylantirishdi: Mobillik xizmatlari, Vazirlik tizimlarida AI va Katta ma’lumotlarni tahlil qilish.
7 ta sovrinli o‘rinni Inha Universiteti jamoalari qo’lga kiritishdi
Dominify — 1-o‘rin, Vazirlik tizimlarida AI yo’nalishida
VorteX — 1-o‘rin, Mobillik xizmatlari yo‘nalishida
5dev — 2-o‘rin, Vazirlik tizimlarida AI yo’nalishida
AYSLATTE — 3-o‘rin, Mobillik xizmatlari yo‘nalishida
Developers — 3-o‘rin, Katta ma’lumotlar tahlili yo‘nalishida
Last Debut — Eng yaxshi talabalar jamoasi
Orca – Eng yaxshi yechim, Mobillik xizmatlari yo‘nalishida
Talabalarimizni ushbu ajoyib yutuq bilan tabriklaymiz va ularga kelgusida ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
