Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “Open Data Challenge” hakatonida ikkinchi o‘rinni egalladilar.

27-29-yanvar kunlari Toshkent shahrida Open Data Challenge hakatoni bo‘lib o‘tdi. Bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo’yicha har yili o’tkaziladigan tanlovdir.
Toshkent shahridagi Inha universitetining 4-kurs talabalari Ziyamova Maftuna, Alkamyan David va Rahimova Malika BeSafe loyihasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladilar.
BeSafe – bu uydagi zo’ravonlikda yordam beradigan mobil ilovadir.
Ushbu tanlovning maqsadi- mavzu bo’yicha professional hamjamiyatni rivojlantirish; davlat va shahar hokimiyati vakillarining tegishli vakolatlarini rivojlanishi va boshqalar.
G‘oliblarni tabriklaymiz va muvaffaqiyatlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz!👏🏼⚡️

⚡️