“Business Logistics” bakalavriat va “MBA in Digital Transformation” magistratura dasturlarida tahsil olayotgan Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari qo‘shma dastur doirasida o‘qishlarini davom ettirish uchun Janubiy Koreyadagi INHA Universitetiga jo‘nab ketishdi.
“Business Logistics” bakalavriat dasturi talabalari 3+1 dasturi, “MBA in Digital Transformation” magistratura dasturi talabalari esa 1+1 dasturi doirasida o‘qishlarini davom ettirishadi.
Koreyada tahsil olish davomida talabalar xalqaro tajriba orttirib, Koreya ta’limi va madaniyati bilan yaqindan tanishishadi.
Talabalarimizga o‘qishlarida muvaffaqiyat, yangi yutuqlar va unutilmas taassurotlar tilaymiz!
