Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari startaplari yangi bosqichga chiqmoqda!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Azizbek Fattoyev tomonidan asos solingan Lexora startap loyihasi Pre-Seed bosqichida AloqaVentures venchur fondidan $20,000 miqdorida investitsiya oldi.

Lexora — bu sun’iy intellekt yechimlaridan foydalanadigan innovatsion texnologik startap bo‘lib, yuridik ishlar samaradorligini oshirish va huquqiy sohadagi jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan. Ushbu erta bosqichdagi investitsiya – loyihaning yuqori salohiyati va kuchli bozor talabiga ega ekanini tasdiqlaydi.