Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari TechGenius Uzbekistan hakatonida «Eng yaxshi taqdimot» yo’nalishida g‘olib chiqishdi!

 

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan iborat jamoa «Ilm fan yo’nalishi «da Olimlarni mu’loqotini yaxshilash, ularga fikrlar almashinuvini osonlashtirish uchun yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha Uzbekistan Hackathon tanlovida ishtirok etish istagini bildirdilar. Bu galgi hakaton O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida bo’lib o’tdi, 3ta yo’nalish bo’yicha 9 tadan jamolar qatnashdi. Jamoalarda 5 tadan ishtirokchi bo’lib va yechimni topish uchun 48 soat vaqt berildi.

Loyiha taqdimotlari natijalariga koʻra hakamlar hakatonda gʻolib bo’lgan jamoani aniqladilar va ulardan «Eng yaxshi taqdimot» yo’nalishida talabalarimiz g’alaba qozondi 👏🏼

🏆 DOTS jamoasi:
Davlatmirzayev Azizbek
Azizbek Fattoev
Bozorov Asliddin
Mirzoyoqub Rashidov
Aytbaev Tursinbek
Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga kelgusida zafarlar tilaymiz!