Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tomonidan “Academic Support” klubi tashkil etildi

2-kurs talabalari Shoxruh Yahyoyev, Shoxrux Rustamov, Romiz Axrorov va Komiljon Yo‘ldoshevlar tomonidan TShIU talabalari uchun “Academic Support” klubi tashkil etildi.
«Inhada o’qish qiyin bo’lgani uchun biz birgalikda o’qish uchun akademik yordam yaratdik!»
Klub onlayn va oflayn darslarni tashkil qiladi, foydali materiallar bilan o’rtoqlashadi va o’qish paytida yuzaga keladigan barcha savollarga javob topishga yordam beradi.
Ayni paytda klub birinchi va ikkinchi kurs talabalari uchun tashkil etilgan. Darslar haqidagi barcha ma’lumotlar klub kanalida e’lon qilinadi: @iut_academicHelp
Klub talabalari o’quv videolarini yozib olib va ularni Youtube-da muntazam ravishda joylab borishadi: //bit.ly/3D9Hhfc
Klub o’z bilimlarini boshqalar bilan baham ko’rish orqali o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lgan yangi abituriyentlar uchun ochiq!