Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Turkmanistonda informatika bo‘yicha o‘tkazilgan OIOIUS-2024 II ochiq xalqaro olimpiadasida sovrinli o‘rinlarni egalladilar.

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, yakka tartibdagi bahslar shaklida o‘tkazildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilarga dasturlash yordamida amaliy masalalarni yechish bilan bog‘liq 5 ta vazifa berildi.
Ikkinchi bosqichda talabalar kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish uchun murakkab dasturlarni ishlab chiqishlari kerak edi.
Talabalarimizni tabriklaymiz ⭐️
2-o‘rin – Mirshod Maxsudov
2-o‘rin – Moxirboy Muzaffarov
3-o‘rin – Davron Abduxakimov
Olimpiadada O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Eron, Liviya, Qatar, Turkiya, Germaniya, Ruminiya, Gruziya va Xitoy kabi 18 davlatning 52 ta oliy o‘quv yurtidan 270 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi.