Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun “Uzum” kompaniyasi vakillari tomonidan ma’ruza bo’lib o’tdi

26-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida  “Uzum” kompaniyalari boshqaruv direktori Roman Lavrentyev talabalar uchun ma’ruza qildi.
Roman Lavrentyev IT olamining istiqbollari, xususan, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan Uzum ekotizimlari haqida gapirdi.
Uchrashuvda Roman Lavrentyev yangi raqamli mahsulotlarni qanday yaratish, startapingiz uchun g‘oyani qanday topish va ularni ishga tushirish haqida gapirdi, shuningdek, talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.