Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Urban.Tech Uzbekistan hakatonida bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘nalish bo‘yicha g‘olib chiqishdi!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan iborat ikki jamoa texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan Urban.Tech Uzbekistan Hackathon tanlovida ishtirok etish istagini bildirdi. Bu galgi hakaton Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi «Inno» innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparki tomonidan tashkil etilgan bo’lib, 75 ta jamoa, 500 kishidan iborat bo’ldi va 72 soat davom etdi.
Loyiha taqdimotlari natijalariga koʻra hakamlar hakatonda gʻolib bo’lgan 4 ta jamoani aniqladilar va ulardan 2 tasi talabalarimizni o’z ichiga olgan jamoalar edi 👏🏼
🏆 BAB Brainiacs jamoasi:
Behzod Shuhratov
Bexruz Abdullaxo’jaev
Botir Sobirov
Azimjon G’aniyev
🏆 Ctrl+C Ctrl+V jamoasi:
Egambergan Otamuratov
Azizbek Fattoev
Asilbek Fattoev
Mirzoyoqub Rashidov
Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga kelgusida zafarlar tilaymiz!