10–11-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetida IT Park Uzbekistan ko‘magida WIUT Hackathon 2026 bo‘lib o‘tdi. 48 soat davom etgan musobaqada 13 ta oliy ta’lim muassasasidan 120 nafar talaba o‘z innovatsion loyihalarini ishlab chiqish uchun bellashdi.
FinTech / AI in Finance yo‘nalishida Inha Universiteti jamoalari ikkita sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi:
Centrum — 1-o‘rin
Jamoa a’zolari:
• Amirshoh Ahmedov
• Botirxo‘ja Baxtiyorov
• Feruzbek Ahmedov
Dominify — 2-o‘rin
Jamoa a’zolari:
• Umid Dadjonov
• Dilshod Isomov
• Zumradxon Akbarova
• Malika Hayitmetova
Ikki kun davom etgan keskin raqobat davomida jamoalarimiz moliyaviy texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan amaliy yechimlarni taqdim etib, o‘z bilimlari, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va innovatsion yondashuvlarini namoyon etishdi.
Talabalarimizni ushbu ajoyib yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va ularga kelgusida ham yangi g‘alabalar tilaymiz!
