Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi boshchiligidagi “Team Tecnas” jamoasi Kaliforniyada bo’lib o’tgan “World Summit Technovation Girls 2023” g’olibi bo’ldi.

 

Kaliforniyada “World Summit Technovation Girls 2023” boʻlib oʻtdi, unda butun dunyo boʻylab ishtirokchilar oʻz loyihalarini taqdim etdilar.

“Tecnas” jamoasi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Tillayeva boshchiligida O‘zbekiston nomidan o‘z loyihasini taqdim etdi.

“Tecnas” jamoasi «Social Impact Award» mukofotini qo’lga kiritdi. Bu ijtimoiy muammolarni hal qilishga hissa qo’shadigan eng yaxshi loyiha uchun mukofotdir.

Joriy yilda World Summit Technovation Girls 2023 dasturida rekord miqdordagi ishtirokchilar ro‘yxatga olindi – mamlakatning barcha hududlaridan 1000 nafar o‘quvchi qizlar ishtirok etdilar.

G‘olib bo‘lgan “Tecnas” jamoasi O‘zbekiston maktablarida laboratoriyalar va ilmiy jihozlar yetishmasligi muammosini hal qiluvchi virtual laboratoriya – “Sinov” ilovasini ishlab chiqdi.

Ishtirokchilarni tabriklaymiz va biz bu natija bilan faxrlanamiz🏆!

Bu nafaqat Toshkent shahridagi Inha universiteti, balki butun O‘zbekistondagi “Technovation Girls” hamjamiyati uchun muhim g‘alabadir.