Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Huawei ICT Competition 2026 global finalida faxrli o‘rinni egalladi

2026-yil 5-iyun kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Huawei ICT Competition 2026 global finali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi – Mirvohid Azimov Cloud Track (Bulutli hisoblash) yo‘nalishi jamoasi tarkibida (Practical Competition) amaliy musobaqasida 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Minhaz Uddin Ahmed – Cloud Track yo‘nalishi bo‘yicha instruktor sifatida ishtirok etishga taklif etildi.

Talabamiz va professorimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!