16–18-iyul kunlari Seul shahrida 30 dan ortiq mamlakatdan 400 nafardan ziyod ixtirochilar, tadqiqotchilar va loyiha mualliflarini birlashtirgan Korea International Women’s Invention Exposition (KIWIE 2026) xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Toshkent shahridagi Inha universitetidan talabamiz Malikaxon Abduqodirova o‘zining XAVFSIZ MAKON loyihasi – kiberxavfsizlik asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallangan interaktiv mobil ilova bilan ishtirok etdi.
Loyiha xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, Maxsus mukofotning Oltin medali bilan taqdirlandi.
Malikaxon Abduqodirovani ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz va unga texnologiyalar hamda kiberxavfsizlik sohasida yangi xalqaro g‘alabalar, dadil g‘oyalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
