Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi loyihasi “DOMINO Ventures” venchur fondidan sarmoya jalb qildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Asloxon Xoshimxo‘jaev va Toshken shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi Azamat Hamidovlar Markaziy Osiyodagi texnologik loyihalarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan «DOMINO Ventures» venchur fondidan «PointAI» kompaniyasi startapiga sarmoya jalb qilishdi.
“PointAI” kompaniyasiga 2023-yilda  Asloxon Xoshimxoʻjayev va Azamat Hamidov  tomonidan asos solingan boʻlib, elektron tijorat uchun sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan istiqbolli startap hisoblanadi.
“DOMINO Ventures” tomonidan kiritilgan sarmoyalar startapga oʻz jamoasini kengaytirish, mahsulotini rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.