Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabasi Xitoyda Future Power & Energy Systems dasturida ishtirok etdi

Toshkent shahridagi Inha Universiteti Kompyuter va axborot muhandisligi (SOCIE) fakultetining 3-kurs talabasi G‘ulomjonova E’zozaxon Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Future Power & Energy Systems yozgi dasturida ishtirok etdi.

Dastur Times Higher Education 2027 reytingiga ko‘ra Osiyoda 1-o‘rinda va dunyoda 11-o‘rinda turuvchi Tsinghua universiteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy energetika tizimlari va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bag‘ishlangan.

Dastur davomida E’zozaxon Tsinghua universiteti professorlarining ma’ruzalarida qatnashdi, Xitoyning energetika tizimlari sohasidagi yetakchi davlat laboratoriyalaridan birida ishladi, shamol elektr stansiyasiga tashrif buyurdi hamda State Grid va NIO kompaniyalarining taqdimotlari orqali energetika va elektromobillar sohasidagi innovatsiyalar bilan tanishdi. Shuningdek, xalqaro miqyosdagi tadqiqotchilar, professorlar, investorlar va tadbirkorlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Talabamizning yutuqlaridan faxrlanamiz va unga kelgusidagi faoliyatida yangi imkoniyatlar hamda muvaffaqiyatlar tilaymiz!