Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabasi Xitoyda xalqaro Space Summer Camp 2026 dasturida ishtirok etmoqda 

Toshkent shahridagi Inha Universitetining 4-bosqich talabasi Taxir Kasimov Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Space Summer Camp 2026 dasturida ishtirok etmoqda.

Dastur STAR VISION kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldosh tizimlari va aerokosmik sohada sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan. Ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, muhandislik loyihalari ustida ishlaydilar hamda turli mamlakatlardan kelgan talabalar va yosh mutaxassislar bilan tajriba almashishmoqda.

Talabamizga yorqin taassurotlar, yangi bilimlar va kelgusida muvaffaqiyatlar tilaymiz!