Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi “Yil talabasi-2022” respublika tanlovida g’olib bo‘ldi

“Kompyuter va dasturiy injiniring” fakulteti 3-bosqich talabasi Bekzod Shuhratov “Yil talabasi-2022” respublika tanlovida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etish joizki, Bekzod Shuhratov va uning jamoasi quyidagi loyihalar ustida ishlagan:
▫️Ekurs.uz – Bepul ta’lim berish portali
▫️SearchBooster – o’zbek tilida kontentni avtomatik tarzda ko’paytirish
▫️DriveSafe – haydovchilarning uxlab qolishining oldini oladi
▫️Sowip – Quyoshdan kelayotgan  radiatsiyanii o’rganish
▫️MathGame: Matematika oʻyini
Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida qator nominatsiyalar bo‘yicha bir necha yillardan beri “Yil talabasi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda va uning doirasida g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanmoqda.
Talabamizni tabriklaymiz va  muvaffaqiyatlar tilaymiz!🍀