Toshkent shahridagi Inha Universiteti (TshIU) va Malayziyaning Kolej Poly-Tech MARA (KPTM) ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga qaratilgan kelishuv imzolandi

Mazkur kelishuv akademik hamkorlikni rivojlantirish, madaniy va xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tushunishni mustahkamlash hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu hamkorlik TshIUning xalqaro hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish hamda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida akademik sohadagi yangi imkoniyatlarni yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.