Toshkent shahridagi Inha universiteti va Barqaror rivojlanish bo‘yicha Universitetlararo tadqiqot markazi (CIRPS) Foundation dasturini tashkil etish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va amalga oshirishni nazarda tutuvchi xalqaro hamkorlik memorandumini imzolashdi

Mazkur memorandum xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish va bo‘lajak talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Foundation dasturi — bu bir yillik tayyorlov dasturi bo‘lib, talabalarga mustahkam akademik bilimlarni shakllantirish hamda Italiya va Yevropaning boshqa davlatlarida ta’limni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Dastur Boloniya jarayoni tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 48 ta davlatda tan olinadi, bu esa talabalarga xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.