Toshkent shahridagi Inha universiteti va Fido-Biznes o‘rtasida memorandum imzolandi

11-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov  va “Fido-Biznes” kompaniyasi bosh direktori M.Xusanov o’rtasida  hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik doirasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
– Universitet talabalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shma tashabbuslarni amalga oshirish
– Universitet talabalarini axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi malakalarini oshirish maqsadida maqsadli amaliyot va qo‘shma tadbirlarga jalb etish.
– Talabalar uchun birgalikda treninglar va mahorat darslarini o’tkazish
Ta’kidlash joizki, “FIDO-BIZNES” kompaniyasi 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston bozorida axborot tizimlari va texnologik yechimlarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!