Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT Park: biznes va ta’lim muloqoti

26-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda IT Park rezidentlari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida IT-kompaniyalarning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, talab yuqori bo‘lgan ko‘nikma va kompetensiyalar hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, IT Park rezidentlari va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.