Toshkent shahridagi Inha universiteti va POLIMI akademik hamkorlikni mustahkamlamoqda

Milandagi xizmat safari doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti prorektori Dr. Jamshid Inoyatxodjaev Teatro Lirico Giorgio Gaberda o‘tkazilgan POLIMI Purpose Day 2026 tadbirida ishtirok etdi.

Tashrif davomida Politecnico di Milano Menejment maktabi akademik direktorining o‘rinbosari, professor Sergio Terzi bilan uchrashib, Toshkent shahridagi Inha universiteti va POLIMI Graduate School of Management o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, magistratura va PhD dasturlari, ilmiy-tadqiqot hamkorligi, professorlarni taklif etish, EMBA dasturlari hamda Memorandum of Understanding (MoU) ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.