Toshkent shahridagi Inha universiteti va University of Utah kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi

Bugun Toshkent shahridagi Inha universiteti va University of Utah vakillari o‘rtasida tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘z universitetlari, ta’lim dasturlari, faoliyat yo‘nalishlari va xalqaro loyihalari haqida ma’lumot berib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Muhokamalar davomida kelajakdagi akademik hamkorlik istiqbollari, jumladan, Game Development yo‘nalishi, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim tashabbuslari, ilmiy tadqiqotlar hamda o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv ikki universitet o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish va kelajakdagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash yo‘lidagi muhim dastlabki qadam bo‘ldi.