Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab targ’ibot ishlarini boshladilar

Bugundan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori boshchiligidagi universitet vakillari O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo’ylab yoshlar uchun targ’ibot ishlarini boshladilar.
27-fevral kuni TShIU vakillari Jizzax shahar 1-sonli umumta’lim maktabi va “Registon LC” ga tashrif buyurishdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari maktab va kollej bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda kirish imtihonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlari, bitiruvchilar muvaffaqiyati haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.