Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillarining Mirzo-Ulug‘bek tumani yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2022-yil 18-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillarining poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Azamat» mahallasi yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mahalla oqsoqollari, veteranlar, mahallada istiqomat qilayotgan yoshlar, xususan № 135-maktabning yuqori sinflari o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviyat-maʼrifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, siyosiy fanlar doktori T.Tursunmuratov ishtirok qatnashchilariga mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati, unda o‘qiyotgan yoshlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, yoshlar tomonidan informasion-kommunikasion texnologiyalar sohasini tanlashning o‘ziga xos ijobiy tomonlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Mahalla yoshlari tomonidan berilgan savollarga Toshkent shahridagi Inha universiteti talablari javob berishdi. Ular universitetga kirish imtihonlari, o‘quv dasturlari va bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari to‘g‘risida gapirib berishdi.
Tadbirda mahalla yoshlaridan tashqari nuroniylar, veteranlar, yoshlar yetakchilar va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.