Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimi vazirlik mukofoti bilan taqdirlandi

2022-yil 31-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan samarali mehnati hamda AKT sohasi rivoji va farovonligiga qo‘shgan muhim hissasi uchun soha xodimlariga faxriy yorliqlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. TShIU xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Shahzoda Djalalova ushbu mukofotni shaxsan AKT vaziri Sherzod Shermatov qo‘lidan qabul qilib oldi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Shahzoda Djalalovani ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi!