Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari «Faxriy yorliq»bilan taqdirlandi

 

7-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi «7-may O’zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni» munosabati bilan xodimlarni taqdirlash marosimini o’tkazdi.

Moliya-iqtisodiy masalalar bo’yicha bosh menejer Rustam Kazakov va Universitet professori Farrux Atamurotov axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish va sohaga qo’shgan muhim hissasi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. Faxriy yorliq O’zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o’rinbosari Oleg Pekas tomonidan shaxsan topshirildi.

Shuningdek, bayram kuni doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetida rektor Muzaffar Djalalov xodimlarni mukofotlash tadbirini o’tkazdi. Universitet ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha Bosh maslahatchisi Bahodir Asadullayevich Xodjayev raqamli texnologiyalar vazirligining «O’z kasbining ustasi» medali bilan taqdirlandi, IT bo’limi rahbari Kanat Sembiyev raqamli ta’limni rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Barcha soha xodimlarini ushbu bayram munosabati bilan yana bir bor tabriklaymiz!