Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari uchun tibbiy ko’rik tashkil etildi

27 sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida M.Djalalovning 09.04.51-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan birgalikda tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda universitetning barcha xodimlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va 2016 yil 23 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-410-son qonunini bajarish maqsadida professor-o‘qituvchi va  ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida  o‘tkazildi.