Toshkent shahridagi Inha universiteti «Yer soati» xalqaro ekologik aksiyasida ishtirok etdi

2021 yil 27 mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti Yovoyyi tabiatning umumjahon fondi tomonidan o‘tkazilgan «Yer soati» aksiyasida ishtirok etdi. Universitetning barcha binolarida soat 20:30 dan 21:30 gacha elektr quvvati bir soatga o‘chirildi.
 
Har yili, mart oyining so‘nggi shanba kuni Yovoyyi tabiatning umumjahon fondi (WWF) tomonidan «Yer soati» global ekologik aksiyasi o‘tkaziladi. Aksiya xalqaro ahamiyatga ega. Har yili barcha ishtirokchi mamlakatlar atrof-muhitga oid dolzarb mavzulardan birini ko‘taradilar va dunyo bo‘ylab minglab me’moriy obidalar o‘zlarining yoritilishini o‘chirishadi.
 
«Yer soati» aksiyasi ramziy ma’noga ega bo‘lib, sayyoramizning tabiati va resurslariga ma’suliyatli munosabatda bo‘lish zarurligiga e’tiborni jalb etishga qaratilgan.