Toshkent shahridagi Inha universitetida 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 7-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov bilan universitet talabalari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi va ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirlandi. Mazkur uchrashuvda talabalar o’zbek xalqining urushdagi mardonavor harakatlari va jasoratlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldi.